Mahmud Ulashev — raqamli dasturchi

Fikr tizimga aylanadi. Dizayn, interfeys, server va ular orasidagi ko'rinmas ish — siz bitta odam bilan gaplashasiz, butun natijaga bitta odam javob beradi. G'oya sizdan — ishlaydigan mahsulot mendan. 2022-yildan beri kod yozaman.

Ishlar

Take-IELTS — IELTS mashq platformasi

Reading, Listening va Writing haqiqiy imtihon formatida: bir xil vaqt chegarasi, savol turlari va ball jadvali. Writing inshosi Supabase Edge Function orqali AI'ga boradi va IELTS'ning to'rtta rasmiy mezoni bo'yicha baholanadi. Har urinish saqlanadi, band score dinamikasi grafikda ko'rinadi. Texnologiyalar: React, Vite, Tailwind CSS, Supabase. take-ielts.vercel.app

Satify — Digital SAT mashq platformasi

To'liq Digital SAT haqiqiy imtihon interfeysida: Math va Reading and Writing modullari, har modul uchun vaqt, kalkulyator, highlighter, javob variantlarini chiqarib tashlash va savolni belgilash. Imtihon to'liq ekranda himoyalangan, to'g'ri javoblar brauzerga yuborilmaydi va baholash serverda bajariladi. Natija 400–1600 shkalada, bo'limlar tahlili va har savol bo'yicha izoh bilan. Texnologiyalar: Next.js, React, TypeScript, Tailwind CSS, Supabase. satify-uz.vercel.app

Atlas — notanish kodni o'qish uchun desktop dastur

Loyihani tahlil qilib, yangi kelgan dasturchining uchta savoliga javob beradi: bu nima, qanday bog'langan va qayerdan boshlash kerak. Bog'liqliklar xaritasi, o'qish marshruti va topilmalar. Bitta Swift dvigateli macOS'da SwiftUI, Windows'da Avalonia interfeysi bilan ishlaydi; ikkalasi kodni bir xil o'qiydi. Texnologiyalar: Swift, SwiftUI, Avalonia. atlas-codemap.vercel.app

PrepPlanner — IELTS va SAT tayyorgarligi uchun macOS ilovasi

Kunni vaqt chizig'ida bloklarga bo'lib rejalash, har blokni bajarildi, qisman yoki o'tkazib yuborildi deb belgilash va haqiqiy daqiqalarni yozish. Mock natijalari: Listening va Reading raw bali bandga avtomatik aylanadi, SAT bo'limlari jamlanadi. Xatolar jurnali, odatlar va analitika grafiklari. Hamma ma'lumot Mac'da qoladi: akkaunt ham, server ham, uchinchi tomon kodi ham yo'q. Texnologiyalar: Swift, SwiftUI, SwiftData, Swift Charts. prepplanner.vercel.app

XIV — moda do'koni uchun onlayn savdo interfeysi

Figma dizayn tizimidan qurilgan do'kon: filtrlar bilan katalog, galereya hamda rang va o'lcham tanlovi bo'lgan mahsulot sahifasi, savat va yozayotganda natija chiqaradigan qidiruv. 393px gacha moslashadi. Texnologiyalar: Next.js, React, TypeScript, Tailwind CSS. cloth-store-gules.vercel.app

Orpheus — Figma dizaynining piksel aniqligidagi nusxasi

Dizayner portfoliosi Figma manbasidan bir-bir ko'chirildi. Shrift o'lchami, harflar orasi, bo'limlar ritmi va fon nurlari ko'zga chamalab emas, dizaynning o'zidan olingan. Qorong'i va yorug' mavzu; qurilgan sahifa 1728px artboard'dan bir necha piksel farq qiladi. Texnologiyalar: Next.js, React, TypeScript, Tailwind CSS, Motion. orpheus-dusky.vercel.app

Xizmatlar

Qanday ishlaymiz

  1. Bir gaplashamiz. Nima kerakligini aytasiz, men savol beraman. Yarim soatdan keyin narx va muddat aniq bo'ladi. Bepul.
  2. Birinchi ishlaydigan versiya. Butun loyihani kutmaysiz. Eng kerakli qismni erta ko'rasiz, o'zgartirish aytasiz va yo'nalish aniq bo'ladi.
  3. Topshiraman, o'rgataman. Kod sizniki. Xodimlaringizga ishlatishni ko'rsataman va bir oy bepul qo'llab turaman.

Aloqa

TIL
KLAVIATURA
ulam.
YOQISH UCHUN P
YOKI EKRANGA BOSING
/ishlar 4 ta
ochish uchun bosing
>
№ 1
ochish uchun ↵ yoki markaziy tugma ▸
1 / 4
/men
qaytish uchun esc yoki back